O‘ZBEKISTONNING XALQARO IMIDJINI OSHIRISHDA MADANIY DIPLOMATIYA VOSITALARINING SAMARADORLIGI
Kalit so‘zlar:
Madaniy diplomatiya, xalqaro imij, global, O‘zbekiston, madaniy meros, xalqaro hamkorlik, turizm, san’at, milliy an’analarAbstrak
Mazkur maqolada O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlashda madaniy diplomatiya vositalarining o‘rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Xususan, milliy madaniyat, san’at, an’analar, turizm hamda ta’lim almashinuvi orqali mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro festivallar, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlar orqali O‘zbekistonning boy tarixiy merosini targ‘ib etishning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot davomida madaniy diplomatiyaning zamonaviy shakllari va ularning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi roli baholanadi hamda ushbu yo‘nalishda mavjud muammolar va istiqbolli takliflar ilgari suriladi.