BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FORTEPIANO SINFLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mualliflar

  • Xolmat Mamarasulov Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi Author

Kalit so‘zlar:

inklyuziv musiqa ta’limi, fortepiano pedagogikasi, individual ta’lim dasturi (ITD), korreksion-pedagogik model, tayanch-harakat apparati nuqsonlari, nevrologik xususiyatlar, mayda motorika, Hanon mashqlari, Cherni etyudlari, musiqiy reabilitatsiya

Abstrak

Ushbu maqola zamonaviy musiqa pedagogikasining dolzarb muammolaridan biri bolalar musiqa va san’at maktablarida (BMSM) o‘ziga xos ta’limiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun inklyuziv fortepiano ta’limini tashkil etishning nazariy-metodik va amaliy-pedagogik asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Maqolada Sherobod tuman 8-son BMSM negizida 2025/2026-yillarda olib borilgan eksperimental tadqiqot ishlari va amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilarning motorik, nevrologik va kognitiv nuqsonlarini korreksiya qilishda individual pedagogik yondashuv, ota-onalar bilan integratsiyalashgan hamkorlik modeli, shuningdek, an’anaviy texnik majmualar (gamma, Hanon mashqlari, Cherni etyudlari) hamda moslashtirilgan o‘zbek milliy kuylari va sodda fortepiano pyesalarining variativ qo‘llanilishi ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan.

##submission.authorBiography##

  • ##submission.authorWithAffiliation##

    O‘qituvchisi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-10-21

Nashr

Bo'lim

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi