DUTOR IJROCHILIK SAN’ATIDA ANSAMBL KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
dutor, ansambl ijrochiligi, ansambl ko‘nikmalari, musiqa ta’limi, musiqa pedagogikasi, xalq cholg‘ulari, ijrochilik mahorati, musiqiy eshituv, ritm hissi, repertuar, jamoaviy ijro, pedagogik tajriba, sahna madaniyati, kasbiy tayyorgarlikAbstrak
Mazkur maqolada dutor cholg‘u ijrochiligini rivojlantirishda ansambl faoliyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda dutor cholg‘usining o‘zbek milliy musiqa san’atidagi o‘rni, ansambl ijrochiligining mohiyati va vazifalari, dutor ijrochilarida ansambl ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni hamda ansambl faoliyatining ijrochilik mahoratini oshirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, dutor ijrochiligini o‘qitishda ansambl mashg‘ulotlarining pedagogik ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ansambl faoliyati dutor ijrochilarining texnik tayyorgarligi, musiqiy eshituv qobiliyati, ritmik barqarorligi, sahna madaniyati va badiiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Ansambl mashg‘ulotlari orqali talabalarda jamoaviy hamkorlik, mas’uliyat va ijodiy faollik kabi muhim kasbiy kompetensiyalar shakllanadi. Maqolada dutor ijrochiligini rivojlantirish maqsadida ansambl mashg‘ulotlarini takomillashtirish, repertuarni boyitish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.