YANGI O‘ZBEKISTONDA MADANIYAT TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH ISLOHOTLARI: BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI MISOLIDA
Kalit so‘zlar:
Yangi Oʻzbekiston, madaniyat taʼlimi, sanʼat taʼlimi, Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, BMSM, islohotlar, taʼlim sifati, pedagogik innovatsiyalar, ijodiy rivojlanishAbstrak
Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat taʼlimini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu taʼlim muassasalarining yosh avlodning estetik didini shakllantirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylashdagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va oʻquv dasturlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.