XALQ CHOLG‘ULARIDA JAMOAVIY IJROCHILIK TURLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI MASALASIGA DOIR (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Authors

  • Firuza Abdurahimova O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Author

Abstract

Musiqiy ta’lim — bolalar va yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda
muhim o‘rin tutadigan ta’limning ajralmas tarkibiy qismlaridan biridir. Bejizga “musiqa
so‘z tugagan joydan boshlanadi”, deb aytilmaydi. Darhaqiqat, fan va adabiyotning
buyuk namoyandalari tomonidan musiqa haqida bildirilgan fikrlar tinglovchilarda unga
nisbatan qiziqish uyg‘otadi hamda ularda musiqaning ulug‘vorligi bilan bevosita
muloqotga kirishish istagini shakllantiradi. O‘zbekistonda musiqiy ta’limga o‘tgan
asrning 20-yillaridan boshlab alohida e’tibor qaratila boshlangan. Bugungi kunda
bolalar 4 yoshdan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa cholg‘ularida
ijro etish bilan tanishmoqdalar; ushbu ishning samarasi sifatida ko‘pgina ijrochilar,
musiqashunos olimlar, kompozitorlar va dirijyorlardan iborat qator mashhur va nufuzli
mutaxassislar avlodi voyaga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
huzirida Madaniyat ta’limi markazining tashkil etilishi va uning huzurida “Madaniyat
ta’limi” ixtisoslashtirilgan jurnalining ta’sis etilganligi, shubhasiz, ta’lim
jarayonlarining barcha bosqichlarida yanada chuqurlashishiga, mazkur sohada ilmiy
tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa musiqa sohasidagi kasbiy mahoratni
yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Shu munosabat bilan,
O‘zbekistonda jamoaviy ijrochilik masalasi yuzasidan o‘z mulohazalarimni bayon etishni
maqsadga muvofiq deb bilaman. Zero, mazkur jarayon yosh avlodni tarbiyalash
sohasidagi dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Author Biography

  • Firuza Abdurahimova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

     “Orkestr dirijorligi” kafedrasi professori

Downloads

Published

2026-05-26

Issue

Section

Art Studies