BADIIY TA’LIM MILLIY TAJRIBA VA XALQARO AMALIYOT

Авторы

  • Oydin Abdullaeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Автор

Аннотация

Badiiy ta’lim — insonning o‘z xalqi va butun insoniyatga mansub badiiy
madaniyatni o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonidir. U barkamol shaxsni
shakllantirish, uning ma’naviyatini yuksaltirish, ijodiy o‘ziga xosligini
namoyon etish, aqliy va hissiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim
omillardan biri hisoblanadi. Dunyoning yetakchi mamlakatlari
qonunchiligida badiiy ta’lim tushunchasi hamda uning samarali faoliyat yuritishi
uchun zarur bo‘lgan omillar qonun darajasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Xususan, Moldova davlatining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida badiiy
ta’lim tushunchasi batafsil yoritilgan. Unga ko‘ra, badiiy ta’lim – milliy ta’lim
tizimining ajralmas qismi hisoblanadi hamda ta’limning barcha bosqichlarini
qamrab oladi. Qonunga muvofiq, badiiy ta’lim amaliy, nazariy va ijodiy faoliyatni
uyg‘unlashtirgan holda turli dasturlar orqali barcha turdagi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Shu orqali
san’at sohasiga xos ta’lim natijalarini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish ta’minlanadi.
Ukraina davlatining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, “badiiy
ta’lim – faol ijodiy faoliyat jarayonida maxsus ko‘nikmalar, estetik tajriba va
qimmatli yo‘nalishlarni egallash, shaxsning kasbiy, xususan, ijro mahoratiga
oid bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi, shuningdek, u shaxsning professional
badiiy va ijodiy o‘zini anglashi hamda san’atning turli sohalari bo‘yicha
malakasini oshirishi talab etiladi” degan ta’rifni ko‘rish mumkin.  

Биография автора

  • Oydin Abdullaeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

    Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi rais o‘rinbosari, kompozitor, professor

Опубликован

2026-05-26

Выпуск

Раздел

Искусствоведение