JAHON MUSIQA MADANIYATIDA FLEYTA CHOLG‘USINING O‘RNI
##article.subject##:
Fleyta, jahon musiqa madaniyati, ijro texnikasi, musiqa cholg‘ulari tarixi, Sharq va G‘arb musiqasi, zamonaviy musiqiy ijrochilik, madaniy muloqot##article.abstract##
Mazkur maqolada fleyta cholg‘usining jahon musiqa madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Fleytaning qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari, uning turli madaniyatlar musiqasidagi alohida o‘rni yoritilgan. Maqolada fleytaning nafaqat G‘arb, balki Sharq musiqa madaniyatida ham keng qo‘llanilishi, uning ijro texnikasi va o‘ziga xos ijro uslublari haqida fikr yuritilgan. Zamonaviy musiqada fleytaning o‘ziga xosligi, kompozitorlar ijodida ushbu cholg‘uning qo‘llanish xususiyatlari va uning musiqa ijrochiligidagi ahamiyati batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida fleyta cholg‘usining madaniy muloqot va musiqa janrlarining boyitilishidagi hissasi yoritib berilgan.