SUNʼIY INTELLEKT VA RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA SHAXS AXLOQIY MASʼULIYATINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI

##article.authors##

  • Shohijahon Roziqov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Avtor

##article.subject##:

sunʼiy intellekt, raqamlashtirish, axloqiy masʼuliyat, axloqiy agentlik, raqamli subyektlik, algoritmik qaror, masʼuliyat bo‘shlig‘i, mazmunli inson nazorati, algoritmik shaffoflik, ijtimoiy falsafa

##article.abstract##

Maqolada sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sharoitida shaxs axloqiy masʼuliyatining o‘zgarishi ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tadqiq etildi. Muammo algoritmik tavsiyalar va avtomatlashtirilgan qarorlar inson tanlovini qo‘llab-quvvatlashi bilan birga, qaror oqibatlari uchun javobgarlikni noaniqlashtirishi mumkinligida ifodalanadi. Tadqiqotning maqsadi axloqiy agentlikni saqlash shartlarini aniqlash, masʼuliyatning individual, texnologik, institutsional va ijtimoiy-madaniy o‘lchamlarini yagona konseptual modelga birlashtirishdan iborat. Integrativ adabiyotlar tahlili, konseptual, qiyosiy va normativ-etik tahlil usullaridan foydalanildi. Aniqlandiki, sunʼiy intellekt masʼuliyatni avtomatik ravishda bekor qilmaydi; u bilim, nazorat va rol majburiyatlarining turli subyektlar o‘rtasida taqsimlanish shaklini o‘zgartiradi. “Masʼuliyatning normativ saqlanishi” tamoyili hamda to‘rt darajali model ishlab chiqildi. Model individual-refleksiv, texnologik-dizayn, institutsional-huquqiy va ijtimoiy-madaniy darajalarni o‘zaro bog‘laydi. Ilmiy yangilik shaxsiy axloqiy agentlikni mazmunli inson nazorati, algoritmik tushuntiriluvchanlik, institutsional hisobdorlik va raqamli madaniyat bilan kompleks ravishda asoslashda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, texnologik delegatsiya jarayonida axloqiy javob berish qobiliyatini saqlashga xizmat qiluvchi operatsion mezonlar belgilandi. Natijalar taʼlim, davlat boshqaruvi va raqamli platformalarda etik boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin.

##submission.authorBiography##

  • ##submission.authorWithAffiliation##

    Kunduzgi ta’lim fakulteti 3-o‘quv kursi kursanti

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-10-21

##issue.issue##

##section.section##

Sociallıq filosofiya