MILLIY KINO SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA PRODYUSER MAHORATI
Abstrak
Ushbu maqola milliy kino sanoatidagi so‘nggi islohotlar va
prodyuserlik mahoratining rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot
jarayonida O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishning tarixiy jarayoni, davlat
tomonidan amalga oshirilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar, shuningdek
prodyuserlarning kreativ va tashkiliy qobiliyatlari tahlil qilindi. Maqolada
prodyuserning kino yaratishdagi roli, moliyaviy mas’uliyat va ijodiy qarorlarni
uyg‘unlashtirishdagi ahamiyati ko‘rsatildi. Shu bilan birga, milliy kinoning xalqaro
maydondagi raqobatbardoshligini oshirishda prodyuserlik malakasining o‘rni va
ahamiyati ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, samarali
prodyuserlik tizimi kino mahsulotining sifati va tomoshabinlar qabul qilishi bilan
bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, maqola milliy kino sanoatining rivojlanish
strategiyasini shakllantirishda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.